Huawei 1
4-fevral tongida Mahmud Murodov UFC'dagi navbatdagi jangini o‘tkazadi

4-fevral tongida o‘zbekistonlik UFC jangchisi Mahmud Murodov tashkilotdagi 7-jangini o‘tkazadi. Murodovga dog‘istonlik Aliasxab Xizriyev raqiblik qiladi.

33 yoshli Xizriyev shu vaqtga qadar UFC'da 1 ta jang o‘tkazib, g‘alabaga erishgan. U 2022-yilning mart oyida tashkilotdagi debyutida rossiyalik Denis Tyulyulinga qarshi oktagonga chiqib, texnik nokaut bilan raqibidan ustun kelgan. MMA'da umumiy 14 ta jang o‘tkazib, barchasida raqiblarini mag‘lub etgan.

Xizriyev bilan tengdosh hisoblangan Mahmud Murodov shu vaqtga qadar UFC'da olti marta oktagonga chiqib, 4 ta jangda g‘alabaga erishgan bo‘lsa, 2 ta to‘qnashuvda imkoniyatni boy bergan. Oxirgi jangini o‘tgan yili iyul oyi oxirida amerikalik Brayan Barberenaga qarshi o‘tkazib, hakamlarning yakdil qarori bilan zafar quchgan.

Ma’lumot uchun, Murodov-Xizriyev jangi 4-fevral tongida, Toshkent vaqti bilan taxminan 5:30 larda boshlanishi kutilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 103011 | Инструменты