Parij Olimpiadasi chempioni Abdumalik Xalokov professional boksdagi ikkinchi jangini o‘tkazadi.
Hamyurtimiz 27 fevral kuni Ispaniyaning Sevilya shahrida o‘tkaziladigan professional boks oqshomida ringga ko‘tariladi.
O‘sha kuni Abdumalikka Venesuela vakili Marlembron Akunya raqib bo‘ladi. U prof boksda 25 ta jang o‘tkazib, 13 ta jangda g‘alaba qozongan, 11 marotaba mag‘lub bo‘lgan, 1 marta durang qayd etgan. Abdumalik esa prof boksda hozircha bitta jang o‘tkazgan va raqibini nokaut evaziga mag‘lub etgandi.
Ushbu jang 6 raunddan iborat bo‘ladi.
Abdumalik Xalokov shu kunlarda Bolgariyada o‘tkaziladigan “Stranja” turnirida jang qilishi lozim edi. Ammo prof boksdagi ushbu jang sabab u "kichik jahon chempionati"da ishtirok eta olmaydi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 22420 | Инструменты