Huawei 1
Alisher Sa'dullayev O'zbekiston shaxmat federatsiyasi raisi etib tayinlandi

Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev shaxmat federatsiyasi raisi etib tayinlandi. 2021-yilning boshidan shu vaqtga qadar federatsiyaga Turizm va madaniy meros (sobiq Turizm va sport) vaziri Aziz Abduhakimov rahbarlik qilayotgan edi.

Ma’lumot uchun, Alisher Sa’dullayev 1994-yil 11-iyulda Jizzax viloyatida tug‘ilgan. Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutini (MDIST) bitirgan. 2017-yil iyul oyidan 2018-yil oktabr oyigacha Xalq ta’limi vazirining o‘rinbosari lavozimida ishlagan. 2018-yil 27-oktabrdan buyon O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Shuningdek, 2020-yil 17-yanvarida Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis Senati a’zolarini tayinlash to‘g‘risidagi farmonni bilan Alisher Sa’dullayev senator etib tayinlangan va mamlakat tarixidagi eng yosh Senat a’zosiga aylangandi. 2020-yilning iyul oyida u Yoshlar ishlari agentligi direktori etib tayinlangan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 13105 | Инструменты