Boks bo‘yicha ikki karra Olimpiya o‘yinlari g‘olibi, superog‘ir vaznli Bahodir Jalolov (14-0, 14 KO) britaniyalik Jo Joys (16-3, 15 KO) bilan revansh jangini o‘tkazish istagi borligini maʼlum qildi.
Bu ikki bokschi 2016 yili Rio-de-Janeyro (Braziliya)da bo‘lib o‘tgan Olimpiya o‘yinlarining chorak finalida to‘qnash kelgandi. O‘sha jangda Joys ochkolar hisobiga ko‘ra g‘alaba qozongandi. Endi bu qarama-qarshilik prof boksda davom etishi mumkin.
— Havaskor sifatida Rio-2016 Olimpiadasida britaniyalik Jo Joysga yutqazgandingiz. U bilan professional ringda revansh jangini o‘tkazishni xohlaysizmi?
"Ha, albatta. Agar shunday jang o‘tkazilsa, biz xursand bo‘lamiz" Men katta janglarga tayyorman, lekin ungacha yana bir yoki ikkita jang o‘tkazib olishim kerak. Ko‘proq raund o‘tkazishim lozim. Men havaskor sifatidagi faoliyatimni tugatdim. Yana bir yoki ikkita jang kerak, keyin istalgan raqib bilan jang qilishim mumkin", dedi Jalolov.
Maʼlumot uchun, Bahodir Jalolov 6 fevral kuni Kanadaning Monreal shahrida tashkil etiladigan prof boks oqshomida fransiyalik Devid Spilmontga qarshi jang o‘tkazadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 20101 | Инструменты