Huawei 1
Bahodir Jalolov The Ring nashri talqiniga koʻra “Yil loyihasi” boʻlishga asosiy daʼvogar

The Ring nashri bir nechta nominatsiyalar boʻyicha 2022-yilning eng yaxshilarini aniqlash maqsadida soʻrov oʻtkazmoqda.

Eʼtiborlisi, Tokio Olimpiadasi chempioni, prof ringda magʻlubiyat va durangsiz odimlayotgan Bahodir Jalolov “Yil loyihasi” nominatsiyasida toʻrt nafar daʼvogarlar safiga kiritildi. Ekspertlarning fikricha, ular orasida aynan Jalolovning gʻoliblik yoʻlidagi imkoniyatlari yuqori.

The Ring. Daʼvogarlar toʻrtligi

Kishon Devis (7-0, 5 KO), AQSh, yengil vazn (61,2 kg). 2022 yilda Tokio Olimpiadasining kumush medali sohibi, 23 yoshli Devis prof ringda 3 ta gʻalabaga erishdi. Dekabr oyida meksikalik tajribali Xuan Karlos Burgos (35-7, 21 KO)ni magʻlubiyatga uchratdi.

Ksander Zayas (15-0, 10 KO), Puerto-Riko, birinchi oʻrta vazn (69,9 kg). 2022 yilda Top Rank promouterlik kompaniyasi oʻz tarixidagi eng yosh bokschi, yaʼni Zayas bilan shartnoma imzoladi. U ham yil davomida 3 ta jangda gʻalaba qozondi.

Jared Anderson (13-0, 13 KO), AQSh, superogʻir vazn toifasi. 2022 yilda 23 yoshli Anderson ham 3 ta jangda zafar quchdi. Dekabr oyida tajribali nokautchi Jerri Forrest (26-6-2, 20 KO)ni taslim etdi.

Bahodir Jalolov (12-0, 12 KO), Oʻzbekiston, superogʻir vazn toifasi. 2022 yilda 28 yoshli Tokio Olimpiadasi chempioni 4 ta jang oʻtkazib, barchasida muddatidan oldin gʻalabaga erishdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga