Huawei 1
Bahodir Jalolov yangilangan WBC reytingida ko‘tarildi, Mirzaxalilov ilk bor ro‘yxatga kiritildi

WBC mart oyi uchun yangilangan reytingni e’lon qildi. Unga ko‘ra, Bahodir Jalolov 1 pog‘ona yuqorilab, 12-o‘ringa joylashdi. Mirazizbek Mirzaxalilov ilk bor mazkur reytingga kiritildi.

Shu tariqa, reytingdan 8 nafar bokschimiz o‘rin oldi:
Superog‘ir vazn: Bahodir Jalolov o‘tgan oydan 1 pog‘ona ko‘tarildi va 12-o‘ringa joylashdi;

Supero‘rta vazn toifasi (76,2 kg): Bektemir Meliqo‘ziyev bir pog‘ona pastladi va 13-o‘ringa joylashdi;

Yarimo‘rta vazn (66,6 kg): Shahram Gʻiyosov o‘tgan oydan ikki pog‘ona yuqorilab, 12-o‘rinni egallagan bo‘lsa; Jahongir Rasulov o‘tgan oydagi kabi 32-o‘rinni band etdi;

Birinchi yarimengil vazn (55,3 kg): Murodjon Ahmadaliyev bir pog‘ona pastladi va 4-o‘rinni egalladi; Mirazizbek Mirzaxalilov ilk bor reytingdan joy oldi va 27-o‘rinni band etdi;

Yengil vazn (50,82 kg) Olimjon Nazarov 2 pog‘ona yuqorilab, 32-o‘ringa joylashtirildi;

Birinchi o‘ta yengil vazn (47,6 kg): Hasanboy Do‘smatovda o‘zgarish yo‘q - 5-o‘rin.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 120413 | Инструменты