Huawei 1
Bahodir Jalolovning jangi husnbuzar sabab bekor bo‘ldi

Superog‘ir vazn toifasidagi bokschimiz, ikki karra Olimpiada chempioni Bahodir Jalolov bizning vaqt bilan ertaga tong saharda Kanadaning Monreal shahrida tashkil etiladigan oqshomda o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazishi kerak edi.

Afsuski, uning fransiyalik Devid Spilmontga qarshi kechadigan jangi bekor qilinibdi. Bunga Jalolovning lab qismidagi kichik husnbuzar (ugri) sabab sifatida ko‘rsatilibdi. Bokschilar rasmiy tarozidan o‘tish marosimida ham qatnashib ulgurishgandi.

Maʼlumot uchun, Bahodir Jalolov prof faoliyati davomida hozirga qadar 14 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan. Devid Spilmont esa shu kungacha 25 ta jang o‘tkazib, 16 g‘alaba, 8 mag‘lubiyat va 1 ta durang qayd etgan. G‘alabalarining 11 tasini nokaut orqali qo‘lga kiritgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 20613 | Инструменты