Huawei 1
Besh nafar o‘zbekistonlik bokchsi yoshlar o‘rtasida Jahon chempioni bo‘ldi

21-oktyabrdan 4-noyabrgacha Chernogoriya davlati Budva shahri, Yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionati bahslariga mezbonlik qildi.

Terma jamoamiz esa ushbu jahon birichligida 5 ta oltin, 5 ta kumush va 3 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdilar. Ushbu natija bilan jamoamiz umumiy medal jamg‘arishda ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, erkaklar terma jamoamiz 5 ta oltin bilan eng yaxshisi bo‘ldilar. 

G‘olib va sovrindorlarimiz bilan tanishing:

Oltin medal:

-48 kg: Sayfiddin Sobirov

-57 kg: Samandar Olimov

-63,5 kg: Abdulaziz Jo‘raqulov

-86 kg: Akmaljon Isroilov

-92 kg: Halimjon Maʼmasoliyev

Kumush medal:

-75 kg: Jafarbek Shaxbozov

+92 kg: Shahzod Polvonov

-48 kg: Jasmin Tohirova

-81 kg: Ruxshona Parpiyeva

+81 kg: Sobiraxon Shaxobiddinova

Bronza medal:

-54 kg: Sobirjon Tastanov

-71 kg: Muhammad Azizbek Ismoilov

-70 kg: Oysha Toirova. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122619 | Инструменты