Huawei 1
Bu yil 50 yoshga to‘ladigan Oksana Chusovitina jahon Kubogida bronza medalini qo‘lga kiritdi

Shu kunlarda Germaniyaning Kotbus shahrida sport gimnastikasi bo‘yicha 2025 yilgi jahon kubogining birinchi bosqich musobaqalari o‘tkazilmoqda.

Dunyo sport gimnastikasining o‘nlab nomdor sportchilari, Olimpiya o‘yinlari va jahon chempionlari ishtirok etayotgan bahslarda o‘zbekistonlik sportchilar ham g‘oliblik uchun kurash olib bormoqda.

E’tiborli jihati, mazkur nufuzli musobaqada gimnastika afsonasi, bu yil 50 yoshni qarshi olayotgan hamyurtimiz Oksana Chusovitina o‘z mahoratini namoyish etdi.

“Los-Anjeles-2028” Olimpiya o‘yinlariga muhim reyting ochkolarini taqdim etadigan yilning ilk nufuzli musobaqasida Oksana Chusovitina tayanib sakrash dasturida 13.249 ball jamg‘arib, bronza medalga sazovor bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, jahon kubogining ikkinchi bosqich musobaqalari joriy yilning 6-9 mart kunlari Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida bo‘lib o‘tadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22323 | Инструменты