Yengil vazn toifasida WBC chempioni Shakur Stivensonning 12 oktyabr kuni Ar-Riyodda o‘tkazilishi lozim bo‘lgan jangi bekor qilindi.
Bu haqda u hamkorlik qiluvchi Matchroom Boxing promouterlik kompaniyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Amerikalik 27 yoshli charm qo‘lqop ustasi qo‘lidan jarohat olgan, u endilikda operatsiya qilinadi. Shakur kelasi yilning boshida ringga qaytishi mumkin. Stivensonning Ar-Riyoddagi raqibi birinchi yengil vazn toifasida sobiq jahon chempioni Jo Kordina bo‘lishi kerak edi.
Maʼlumot o‘rnida, 12 oktyabr kuni Ar-Riyodda o‘tkaziladigan boks oqshomining markaziy jangida ikki rossiyalik chempionlar — Artur Beterbiyev va Dmitriy Bivol yarimog‘ir vaznda mutlaq jahon chempioni unvoni uchun ringga chiqishadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122219 | Инструменты