Huawei 1
“Chessable Masters”: Nodirbek Abdusattorov xalqaro turnirda divizion g‘olibiga aylandi

Onlayn tarzda o‘tkazilgan “Chessable Masters” xalqaro turnirining 2-divizioni bahslari yakunlandi. Ushbu musobaqada ishtirok etgan o‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov o‘z divizionida yetakchi bo‘ldi.

Abdusattorov  finalda fransiyalik Maksim Vachiyer-Lagraveni 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va turnirning II divizion g‘olibiga aylandi

Turnir davomida Nodirbek Anish Giri, Arjun Erigaisi kabi jahon shaxmati yulduzlarini mag‘lub etdi. 

8-aprel kuni u Grand final uchrashuvida dona suradi.

Ma’lumot uchun, “Chessable Masters” xalqaro turniri o‘yinlari 3 ta divizionda o‘tkazilmoqda. Turnirning 1-divizionida Magnus Karlsen, Uesley So, Fabiano Karuana, Hikaru Nakamura va boshqa kuchli shaxmatchilar g‘oliblik uchun dona surmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 13108 | Инструменты