Dzyudo: “Katta dubulg‘a”da davlatlar o‘rtasidagi kurash qanday kechmoqda?

Antaliya musobaqasida 93 ta mamlakt orasida Yapon dzyudochilari peshqadam. O‘zbekiston 1 ta bornza medali hisobiga 16-o‘rinda bormoqda. Davlat Bobonov yetakchiligidagi O‘zbekiston terma jmoasining 6 nafar vakili vaziyatni o‘zgartira oladimi?

Bugun, 31 mart kuni Turkiyaning Antaliya shahrida o‘tayotgan "Katta dubulg‘a" turkumidagi nufuzli musobaqaning so‘nggi kunida mahoratli dzyudochilarimizdan Davlat Bobonov, Rustam Shorahmatov, Ernazar Sarsenbayev va Shohruhxon Baxtiyorov erkaklar o‘rtasidagi bahslarda, Irisxon Qurbonboyeva va Rinata Ilmatova ayollar o‘rtasidagi musobaqalarda medallar uchun kurash olib boradi.

Kecha musobaqaning ikkinchi kungi bellashuvlarida -73 kilogramm vaznda Shahram Ahadov sovrindi o‘rinlar uchun kechgan shiddatli bahslar yakunida bronza medaliga musharraf bo‘lgandi.

Qolgan dzyudochilarimiz esa saralash bahslaridayoq ishtiroklarini yakunlashdi. -81 kmlogramm vazndagi Sharofiddin Boltaboyev uchinchi davrada yaponiyalik Olimpiada chempioni Takanori Nagasega ogohlantirishlar hisobiga yutqazib qo‘ydi. Ushbu vazndagi yana bir vakilimiz Nurbek Murtazoyev ham uchinchi bosqichda kanadalik Drapeuga yo‘l berdi. -70 kilo og‘irlikdagi bellashuvlarda ishtirok etgan Gulnoza Matniyazova ilk uchrashuvda portugaliyalik Tais Pina, Shohista Nazarova vengriyalik Sabina Gerjak to‘sig‘idan o‘ta olishmadi.  

93 ta mamlakatning 630 nafarga yaqin mahoratli sportchilari ishtirok etayotgan musobaqaning ortda qolgan ikkinchi kungi bellashuvlar sarhisobiga ko‘ra, yaponiyalik dzyudochilar 4 ta oltin, 1 ta bronza medali bilan peshqadamlik qilayotgan bo‘lsa, Kanada, Avstriya, Janubiy Koreya, Moldova mamlakat terma jamoalari 1 tadan oltin medal bilan keyingi qatorda bormoqda. Turkiya,  Fransiya, Braziliya kabi 7 ta milliy terma jamoalar esa 1 tadan kumush medalni qo‘lga kiritgan holda kuchli o‘n beshtalikni band etgan. O‘zbekiston terma jamoasi vakillari hozircha 1 ta bronza medali hamda 1 tadan 5- va 7-o‘rinlarni egallagan tarzda 93 ta mamlakat orasida 16-o‘rindan joy olib turibdi.

Bugun boshlangan murosasiz kurashlarda Davlat Bobonov yetakchiligidagi 6 nafar dzyudochimiz Antaliya turnirida milliy terma jamoamizning kuchli o‘nlik davlatlar qatoridan o‘rin egallashini taʼminlay olarmikan? Buni musobaqalar mundarijasi hal qiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72714 | Инструменты