Huawei 1
FIDE oktyabr uchun shaxmatchilar reytingini e‘lon qildi

Jahon shaxmat federatsiyasi sentyabr oyi yakunlangach, o‘z reytingini yangiladi. Ushbu yangilangan jahon reytingida kuchli 100 likdan 5 nafar o‘zbekistonlik grossmeyster o‘rin oldi.

Reytingda Nodirbek Abdusattorov (2783) 6-o‘rinda qayd etildi. U avvalgi oyda ham shu o‘rinda qayd etilgan edi, ammo bu safar u reyting ochkolarini 17 ochkoga oshirib olgan.

Bundan tashqari, eng kuchli shaxmatchilar reytingida Rustam Qosimjonov (2685) ham o‘rin olgan. Tajribali shaxmatchi — 43-o‘rinda. Javohir Sindorov (2668) avvalgi oyda 52-o‘rinda qayd etilgan edi, bu oyda u 56-o‘rin tushdi va 9 reyting ochko yo‘qotdi. 2668 reyting ochkosiga ega shaxmatchi Shamsiddin Vohidov 57-o‘ringa ko‘tarildi. Aynan uning xizmatlari evaziga O‘zbekiston Olimpiyachilari bronza medalini qo‘lga kiritdi. Avvalgi oyda kuchli 61-o‘rinda qayd etilgan Nodirbek Yakubboyev (2654) bu oyda 75-o‘rinda qayd etildi.

O‘tgan oyda Nodirbek yoshlar o‘rtasidagi rasmiy reytingda birinchi o‘rinda qayd etilgan edi. Oktyabr oyi uchun e’lon qilingan reytingda u o‘rnini Hindistonlik Gukeshga bo‘shatib berdi. Juda ishonchli harakat qilayotgan shaxmatchi 2794 reyting ochkosi bilan yoshlar o‘rtasida yetakchilik qilmoqda. Yana bir shaxmatchi Javohir Sindorov 5-o‘rinni egallab turibdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100116 | Инструменты