Huawei 1
Habib Nurmagomedov: O‘zbekistonda sportda katta yutuqlarga erishayotgan Murodjon Ahmadaliyev, Hasanboy Doʻsmatov kabi bokshilar bor

Toshkentda UFC chempioni Habib Nurmagomedov ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi.Anjumanda Habib Nurmagomedov oʻzbek sportchilaridan kimlarni kuzatishini ma'lum qildi.

"Soʻnggi Olimpiadada Oʻzbekiston yaxshi natijalarga erishdi. Sizlarda sportda katta yutuqlarga erishayotgan sportchilaringiz bor, jumladan Murodjon Ahmadaliyev, Hasanboy Doʻsmatovni misol qilishim mumkin.

Sportchilaringizga yaxshi sharoitlar yaratilmoqda. Bu ular uchun eng muhimidir. Navbatdagi musobaqalarda yanada muvaffaqiyatli ishtirok etishingizni tilayman", - dedi Habib Nurmagomedov.

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 20410 | Инструменты