Huawei 1
Habib Nurmuhammedovning bank hisoblari muzlatildi

Rossiya Federal soliq xizmati (FNS) 297 million rubl qarzi sabab sobiq UFC chempioni Habib Nurmuhammedovning hisob raqamlarini muzlatdi. Bu haqda “Mash” Telegram-kanali xabar berdi.

Qayd etilishicha, sportchining rasmiy hujjatlardagi ma’lumotlari ishonchsiz ekani sababli uning bank hisobi xayriya fondi hisobi bilan birga bloklangan. Bungacha Federal soliq xizmati Habibga tegishli bo‘lgan bir qancha kompaniyalarni yopgan.

Qayd etish joiz, Nurmuhammedov sport faoliyatini 2020-yilda yakunlagan. U oxirgi jangida amerikalik Jastin Getjiga qarshi oktagonga ko‘tarilib, g‘alaba qozongan. Jang 2020-yil oktyabr oyida UFC 254 turniri doirasida bo‘lib o‘tgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122301 | Инструменты