Huawei 1
Humoyun To‘xtamurodov kamar uchun jang qiladi

O‘zbekistonlik MMA jangchisi Humoyun To‘xtamurodov “Naiza” ligasining BMF kamari uchun jang o‘tkazadigan bo‘ldi.

Qozog‘iston o‘tkazilgan “Naiza 67” turniridan keyin To‘xtamurodov kamar uchun jangga tayyorligini va Toshkent bo‘lajak musobaqani yuqori saviyada o‘tkazishini bildirdi.

“Men kamar uchun jangga doimo tayyorman. Musobaqa Toshkentda o‘tkazilsa, biz UFC darajasida shou ko‘rsatamiz. Biz o‘zbeklarda ortga qaytish yo‘q. Kim osh yegani kelsa, oshimiz doim tayyor, jang uchun kelsa, jangdan keyingi holatidan o‘zingiz nima bo‘lganini bilib olasiz”, deydi To‘xtamurodov.

“Naiza” ligasining turnirlaridan biri shu yil dekabr oyida Toshkentda o‘tkazilishi kutilmoqda. O‘sha turnirda 25 yoshli To‘xtamurodov qozog‘istonlik Davlat Usserbay bilan to‘qnash keladi. 

Ma’lumot uchun, To‘xtamurodov shu vaqtga qadar MMA'da 13 ta jang o‘tkazib, 10 tasida raqiblaridan ustun kelgan, 3 ta jangda esa raqibalriga imkoniyatni boy bergan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122220 | Инструменты