Huawei 1
"IBA Chempionlar oqshomi"da bokschilarimiz g‘alabaga erishdi

Avstriyaning Vena shahrida boks bo‘yicha o‘tkazilgan "IBA Chempionlar oqshomi"da hamyurtlarimiz, “Rio-2016” Olimpiya o‘yinlari g‘olibi Shahobiddin Zoirov hamda og‘ir vazndagi umidli bokschimiz Jahongir Zokirov ringga ko‘tarildi.

Jahongir Zokirov albaniyalik Fabio Kasiuga qarshi IBA kamarining yarim finalida jang o‘tkazgan bo‘lsa, Zoirov -54 kilogrammda ispaniyalik Samuel Karmona bilan kuch sinashdi.

Shahobiddin Zoirov – Samuel Karmona qarama-qarshiligidagi 8 raundga mo‘ljallangan jang to‘liq davom etdi. Hamyurtimizning ustunligida kechgan bahs yakunida hakamlarning yakdil qarori bilan Shahobiddin Zoirov g‘olib deb topildi va IBA chempionlik kamari uchun jang qilish huquqini qo‘lga kiritdi.  

Jahongir Zokirovning albaniyalik Fabio Kasiu bilan o‘tkazgan janggida esa kutilmagan holat qayd etildi. O‘zbekiston terma jamoasida Bahodir Jalolovning o‘rindoshi hisoblangan Zokirov raqibini 1 raunddayoq texnik nokautga uchratib, o‘z g‘alabasini tantana qildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102110 | Инструменты