Xalqaro boks federatsiyasi (IBF) avgust oyi uchun yangilangan reytingni eʼlon qildi.
Eʼtiborlisi, superog‘ir vazn toifasidagi bokschimiz, havaskor boksda ikki karra Olimpiada chempioni Bahodir Jalolov hamda so‘nggi jangida mag‘lubiyatga uchragan Shohjahon Ergashev Top-15 reytingini tark etdi. Jalolov ham, Ergashev ham o‘tgan oy 13-o‘rinda qayd etilgandi.
Reytingda 2 nafar bokschimiz qoldi:
Birinchi yarim yengil vazn toifasida (55,3 kg) Murodjon Ahmadaliyev 4-o‘rinda qayd etildi;
Yarim o‘rta vazn toifasida (66,6 kg) Shahram G‘iyosov 10-o‘rinni egalladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122223 | Инструменты