Dekabr oyining kutilgan janglaridan biri jarohat sabab belgilangan muddatidan bir oyga kechiktirildi.
Xabaringiz bor, 24 dekabr kuni Yaponiya poytaxti Tokio shahrida P4P reytingi yetakchilaridan biri Naoe Inoue ishtirokidagi chempionlik jangi o‘tkazilishi kerak edi. Mutlaq jahon chempioni shu kuni WBO va IBF yo‘nalishlari reytingida birinchi o‘rinni egallab turgan avstraliyalik Sem Gudmandan kamarlarini himoya qilishi ko‘zda tutilgandi.
Ammo 24 dekabr kungi jang bekor qilindi. Bunga Semning sparring mashg‘ulot chog‘ida qoshidan olgan jarohati sabab bo‘ldi. Tashkilotchilar avvaliga Gudmanning o‘rniga raqib topishmoqchi bo‘lishgandi, lekin yakunda jang saqlab qolindi. Faqat bir oydan keyin, aniqrog‘i 24 yanvar kuniga ko‘chirildi. Shuningdek, anderkarddan o‘rin olgan qolgan janglar ham yangi sanada o‘tkaziladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 121418 | Инструменты