To‘rt vazn toifasida boks bo‘yicha jahon chempioni yaponiyalik Naoya Inoue navbatdagi jangini Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) yo‘nalishi bo‘yicha sobiq jahon chempioni avstraliyalik Ti Djey Doxeniga qarshi o‘tkazadi. Bu haqda ESPN xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Inoue va Doxeni sentyabr oyida Tokioda jang o‘tkazadi. Yaponiyalik sportchi ikkinchi vazn toifasida chempionlik unvonini himoya qiladi.
Aslida Inoue o‘zbekistonlik Murodjon Ahmadaliyev bilan jang qilishi kutilayotgandi, biroq yakunda Naoya Ti Djey Doxeniga qarshi ringga chiqishga qaror qildi. Ahmadaliyev esa Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) reytingida 2-o‘rinni egallagan amerikalik Ramon Kardenas bilan WBA kamari uchun jang qilishi mumkin.
Naoya Inoue 31 yoshda. U professional ringda debyutini 2012 yilda o‘tkazgan va oltinchi jangida birinchi vaznda (50,8 kg gacha) WBC chempioni unvonini qo‘lga kiritgan. Keyinchalik u ikkinchi yengil vazn toifasida (52,2 kg gacha) chempion bo‘ldi, shuningdek yengil vazn toifasida (55,3 kg gacha) va ikkinchi engil vaznda mutlaq chempion bo‘ldi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122223 | Инструменты