Huawei 1
Jangim mening aybim bilan bekor bo‘lmadi – Nursulton Ro‘ziboyev

Avvalroq, o‘zbekistonlik UFC jangchisi Nursulton Ro‘ziboyevning UFC 308 turniri doirasidagi rossiyalik Renat Faxretdinovga qarshi jangi o‘zbekistonlik jangchining jarohati sabab bekor bo‘lgani xabar qilingandi.

Ma’lum bo‘lishicha, to‘qnashuv oldidan Ro‘ziboyev oyog‘ini qayirib olgan va boz ustiga uning raqibi ham viza hujjatlari bilan bog‘liq muammoga duch kelgan.

“Jangim bekor bo‘lishining asosiy sababi 20 sentyabr kuni oyog‘imni ozroq qayirib oldim. 25 sentyabr kuni esa UFC shifokori ko‘rikdan o‘tkazib, ikki hafta mashg‘ulot o‘tkazmasligim kerakligini aytdi. Shundan so‘ng tavakkal qilib, mashg‘ulot qilmadik va UFC'dan jangni noyabrga qoldirishni so‘radik. Renatning vizasi hal bo‘lmagani uchun jangga kela olmasligi aniq bo‘ldi. Uning viza hujjatlari yangi yilgacha tayyor bo‘lishi mumkin, jang bizning aybimiz bilan emas, UFC'ning qarori bilan bekor qilindi”, deydi Ro‘ziboyev.

Ma’lumot uchun, UFCS 308 turniri 26 oktyabr kuni BAA poytaxti Abu-Dabida o‘tkaziladi. Musobaqaning markaziy jangida ispaniyalik Iliya Topuriya Amerika vakili Maks Xolloueyga qarshi oktagonga chiqadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101200 | Инструменты