Konya-2021: Aleksey Fomovskiy o'zining musobaqadagi 3-medalini qo'lga kiritdi
Turkiyaning Konya shahri mezbonlik qilayotgan V Islom birdamligi oʻyinlari qizgʻin davom etmoqda.
Musobaqaning bugun, 11-avgust kungi bellashuvlari ham biz uchun muvaffaqiyatli boshlandi. Hozirgina yakuniga yetgan veloshosse boʻyicha bahslarda velosportchimiz Aleksey Fomovskiy delegatsiyamiz hisobiga navbatdagi medalni keltirdi. Fomovskiy marraga 3-boʻlib yetib keldi va bronza medaliga ega chiqdi. Bu sportchimizning musobaqadagi uchinchi medali boʻldi, ularning uchalasi ham bronza!
Sportchi musobaqadagi ilk medalini yakkalik ta'qib poygasida, ikkinchi bronza medalini esa 4 yo’nalishni o’z ichiga olgan omnium bahslarida qo'lga kiritgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 40414 | Инструменты