Konya-2021: Aleksey Fomovskiy yakkalik ta'qib poygasida delegatsiyamizga yana bir medal olib keldi
Xabaringiz bor, bir necha kundan beri Turkiyaning Konya shahrida V Islom birdamligi oʻyinlari davom etmoqda.
7-avgust kuni Oʻzbekiston delegatsiyasi ushbu musobaqada oʻzining birinchi oltin medalini qoʻlga kiritdi. Velotrekning ochkolar poygasi yoʻnalishida oʻtgan bahsda hamyurtimiz Olga Zabelinskaya eng yaxshi natija bilan chempionlikni tantana qildi. Shuningdek, mazkur yoʻnalishda start olgan boshqa bir vakilamiz Yanina Kuskova yana bir kumush medalga sazovor boʻldi.
Bunga qadar delegatsiyamiz a'zolari musobaqada 1 ta kumush hamda 2 ta bronza medal qo'lga kiritishgan edi. Endi ularning orasiga oltin va yana bir kumush medal ham qo'shiladigan bo'ldi. Aytish joizki, bu Turkiyadagi musobaqa cho'qqilarini zabt etishning boshlanishi.
Avvalroq medallarga sazovor bo’lganlar:
Yanina Kuskova (Trekning yakkalik taʼqib poygasi dasturi) – kumush medali;
Aleksey Fomovskiy (trekning yakkalik taʼqib poygasi dasturi) – bronza medali;
Sofiya Karimova (skretch boʻyicha guruh poygasi) – bronza medali.
Alpha version: 0.9.1.19 build 40416 | Инструменты