Huawei 1
Mahmud Murodovning navbatdagi raqibi va jang sanasi ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonlik aralash yakkakurash ustasi, sobiq UFC jangchisi Mahmud Murodovning (27-8-0) navbatdagi raqibi ma’lum bo‘ldi.

Murodov 23-noyabr kuni Polshaning Loj shahrida tashkil etiladigan MMA bo‘yicha Fame 23 turnirida oktagonga ko‘tariladi. Unga turnirda Shimoliy Irlandiya vakili, sobiq UFC jangchisi Norman Park (32-7-1) raqiblik qiladi.

O‘rta vazn toifasida tashkil etiladigan to‘qnashuv 3 raund etib belgilangan. Jang ko‘rgazmali maqomda o‘tkaziladi.

Mahmud Murodov so‘nggi jangini 21-sentyabr kuni Oktagon 61 turniri doirasida o‘tkazdi. O‘rta vazn toifasidagi Murodovga angliyalik Skott Askhem raqiblik qildi. To‘liq davom etgan jangda Murodov ochkolar hisobiga g‘alaba qozondi.

Norman Park 2012—2016-yillar davomida UFC’da 9 ta jang o‘tkazib, 5 ta g‘alaba, 3 ta mag‘lubiyat va 1 ta durang qayd etgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101918 | Инструменты