Huawei 1
19-oktabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan muhim voqealar dayjesti

“Kelasi yildan avtobuslarda yo‘l haqi uchun naqd pul qabul qilinmaydi” — Transport vaziri

Ilhom Mahkamovning aytishicha, bekatlarga naqd pulga bilet yoki QR-kod sotib olish imkoniyati yaratiladi. Aksariyat bekatlarga infokiosklar o‘rnatiladi. Hozir bu tajriba Toshkent shahrida sinovdan o‘tkazilyapti.

Mahmud Murodovning navbatdagi raqibi va jang sanasi ma’lum bo‘ldi

Murodov Polshaning Loj shahrida tashkil etiladigan MMA bo‘yicha Fame 23 turnirida oktagonga ko‘tariladi.

Jamshid Qo‘chqorov “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan iqtisodchi” faxriy unvoni bilan mukofotlandi

Bu bo‘yicha prezidentning tegishli farmoni qabul qilindi.

Ijtimoiy xizmatlar va yordam ko'rsatish tizim takomillashtiriladi hamda ularning sifati oshiriladi

Shuningdek, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj ayrim toifadagi shaxslarni vaqtincha ro'yxatga olishda ham davlat boji undirilmaydi.

"O‘zbekistonda 2026-yilning ikkinchi qismigacha inflyatsiyani 5 foizga tushirish prognoz qilinmoqda" — Behzod Hamrayev

Markaziy bank raisi inflyatsiyani target darajasida pasayishiga to‘siq bo‘luvchi xatarlar mavjudligini ham eslatib o‘tdi.

Malaka oshirish kurslaridan o‘tgan o‘zbekistonlik mutaxassislar Germaniyada ishga joylashtiriladi

O'zbekiston investitsiya, sanoat va savdo vaziri Berlinda Germaniyaning rasmiy va ishbilarmon doiralari vakillari bilan uchrashuvlar o'tkazdi.

“Qonunchilikda jurnalist faoliyatiga aralashish taqiqlangan, biroq bu tartibni buzganlik uchun javobgarlik yo‘q” — AOKA direktori

Shu bilan birga, Asadjon Xo‘jayev ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar bo‘yicha ayrim maʼlumotlarni ochiqladi.

Toshkent viloyatida 22 bosh qo‘yni urib yuborgan Spark avtomobili yonib ketdi

Avtoulov to‘liq yonib ketgan va 22 bosh qo‘y esa nobud bo‘lgan.

Janubiy Koreyaning HAEAHN kompaniyasi Yangi Toshkentdagi 500 mln dollarlik tibbiy klaster bosh rejasini ishlab chiqdi

Janubiy Koreyaning NCND kompaniyasi Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida tibbiyot klasteri bosh rejasini ishlab chiqdi. Bu haqda loyihani Shavkat Mirziyoyevga taqdim etgan kompaniya bosh direktori Kim Son Xun ma’lum qildi.

O‘zbekiston Hindiston bilan farmatsevtika xavfsizligini muhokama qildi

Ma’lumot uchun, 2022 yilning dekabr oyida O‘zbekistonda Hindistonning “Dok-1 Maks” tabletka va siropidan jami 70 nafarga yaqin bolaning o‘lim holati kuzatilgandi.

“Qurilish murakkabligini inobatga olsak, jarayon kamida 5 yil davom etadi” — Ilhom Mahkamov transafg‘on temiryo‘li haqida

Transport vaziri Ilhom Mahkamov loyihaning texnik–iqtisodiy asoslari ishlab chiqilayotganini ma’lum qildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101920 | Инструменты