Huawei 1
Mahmud Murodovning yangi jangi sanasi aniq bo‘ldi

O‘zbekistonlik UFC jangchisi Mahmud Murodov navbatdagi jangini shu yil 4 may kuni o‘tkazadi. Bu haqda sportchining o‘zi Instagram sahifasida ma’lum qildi.

O‘sha kuni Murodov Braziliyada o‘tkaziladigan UFC 301 turniri doirasida oktagonga ko‘tariladi. Hozircha 34 yoshli jangchining raqibi noma’lum.

Qayd etish joiz, o‘zbekistonlik jangchi oxirgi marta fevral oyida rossiyalik Aliasxab Hizriyevga qarshi bahs olib borgandi. Jang 11-soniyadayoq to‘xtatildi va o‘tkazilmagan, deb qayd etildi, chunki Hizriyev bahs davom etayotgan bir pallada Murodovning ko‘ziga qo‘lini tiqib oldi va o‘zbekistonlik jangchi bahsni davom ettirolmadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101002 | Инструменты