Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida "IBA Chempionlar oqshomi" turniri bo‘lib o‘tdi.
Kechaning markaziy jangi 57 kg vazn toifasi IBA chempionlik kamari uchun rossiyalik Vsevolod Shumkov hamda hamyurtimiz, havaskorlar o‘rtasida jahon chempioni Mirazizbek Mirzaxalilov o‘rtasida o‘tkazildi.
O‘n raund to‘liq davom etgan jangda Shumkov hakamlarning yakdil qarori bilan ochkolar hisobiga ko‘ra g‘alaba qozonib, IBA chempioniga aylandi.
Rossiyalik bokschi butun jang davomida ikkinchi raqam bo‘lib harakat qildi va raqibini qarshi hujumlarda kutib oldi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122120 | Инструменты