Huawei 1
Mukofot jamg'armasi $1 mln: Londonda "Global Chess League 2024" musobaqasi bo'lib o'tadi

3-12-oktabr kunlari dunyoning eng kuchli shaxmatchilari Buyuk Britaniyaning London shahrida jam bo'ladi.

Mukofot jamg'armasi 1 million AQSH dollarini tashkil etadi.

Musobaqa formati:

6 kishidan iborat shaxmatchilar jamoaviy tarzda g'oliblik uchun kurash olib borishadi. Jamoada kamida 2 ta ayol o'yinchi va bitta 21 yoki undan kichikroq ishtirokchi bo'lishi kerak.

Umumiy 6 ta jamoas bir-biri bilan aylanma tizimda 2 martadan o'ynaydi. 10 tur yakunlariga ko'ra TOP 2 jamoa finalda o'zaro g'oliblik uchun bahs yuritadi.

Yurtdoshlarimizdan Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindarovlar turli xil jamoalar nomidan turnirda ishtirok etishadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100118 | Инструменты