Ikkinchi eng yengil vazn toifasida WBA Interim kamari sohibi Murodjon Ahmadaliyev navbatdagi jangiga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.
30 yoshli charm qo‘lqop ustamiz bizning vaqt bilan 5 may kuni tongda AQSHning Las-Vegas shahrida tashkil etiladigan boks oqshomida ringga ko‘tariladi. Unga kim raqiblik qilishi hozircha nomaʼlum.
Turnirning markaziy jangi ikkinchi eng yengil vazn toifasida mutlaq jahon chempioni, yaponiyalik Naoya Inoue hamda AQSH vakili Ramon Kardenas o‘rtasida kechadi.
Qizig‘i, Ahmadaliyev o‘z jangi uchun tayyorgarlik mashg‘ulotlarini aynan Kardenas bilan birgalikda o‘tkazmoqda. Agar Inoue va Ahmadaliyev o‘z janglarida g‘alaba qozonishsa, sentyabr oyida o‘zaro to‘qnash kelishadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 40223 | Инструменты