Huawei 1
Naoya Inouening jang sanasi rasman tasdiqlandi

Ikkinchi eng yengil vazn toifasida mutlaq jahon chempioni Naoya Inoue IBF yo‘nalishi bo‘yicha avstraliyalik majburiy daʼvogar Sem Gudman bilan jang qiladi.

Bu haqda Top Rank promouterlik kompaniyasi rahbari Bob Arum ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali maʼlum qildi. Unga ko‘ra, jang 24 dekabr kuni Yaponiyada tashkil etiladi.

Jang avvalroq eʼlon qilingan edi, ammo rasmiy tasdiqlov yo‘q edi. Shu sababli bir hafta oldin IBF (Xalqaro boks federatsiyasi) rahbariyati tomonlarni jang sanasi va joyini oshkora eʼlon qilishga chaqirgandi.

Maʼlumot uchun, mazkur vazndagi o‘zbekistonlik bokschi Murodjon Ahmadaliyev Naoyaning WBA kamari uchun daʼvogar hisoblanadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102218 | Инструменты