Huawei 1
Nodirbek Abdusattorov Hindistonda bo'lib o'tgan “Tata Steel India” xalqaro turnirini 2-o‘rin bilan yakunladi

Hindistonning Kalkutta shahrida shaxmat bo‘yicha an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinadigan “Tata Steel India” xalqaro turnirining bu yilgi blis musobaqalarida hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov 2-o‘rinni egalladi.

Mazkur musobaqaning rapid yo‘nalishidagi bellashuvlarda 7-o‘rin bilan kifoyalangan Abdusattorov blis o‘yinlarida 11 ochko jarg‘arishga muvaffaq bo‘ldi.  

Turnirni 1-o‘rinda yakunlagan Aleksandr Grishuk 12 ochkoga ega chiqdi. 3-o‘rin sohibi hindistonlik Rameshbabu Pragnanandxa hamyurtimiz kabi 11 ochkoni qo‘lga kirita olgan bo‘lsa-da, koeffisiyentlar hisobida Abdusattorovdan ortda qoldi.  

Turnirning rapid yo‘nalishida g‘oliblikka erishgan fransiyalik Maksim Vashye-Lagravva blis bahslarini 5-o‘rinda, ozarbayjonlik Timur Rajabov so‘nggi qatorda yakunladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 13104 | Инструменты