Germaniyada Fisher shaxmat boʻyicha "Freestyle Chess G.O.A.T Challenge" turniri saralashi oʻz yakuniga yetdi.
Bugungi kunning eng kuchli 8 nafar grossmeysteri oʻrtasida tashkil etilgan bahsda hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov ham ishtirok etdi.
Yurtdoshimiz 8 ta tur yakuniga koʻra, 5,5 ochko jamgʻardi va musobaqaning saralash bosqichi gʻolibiga aylandi.
U soʻnggi turda Magnus Karlsenni magʻlubiyatga uchratdi.
Nodirbek musobaqa davomida Alirizo Firudja, Magnus Karlsen, Gukesh va Ding Lirenni magʻlub etgan boʻlsa, Vinsens Keymer, Fabiano Karuana, Levon Aronyan bilan durang oʻynadi.
Endi u asosiy bahslarni 1-oʻrin sifatida boshlaydi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 42201 | Инструменты