Huawei 1
Nodirbek Abdusattorov NAVI jamoasiga qo‘shildi

Dunyodagi eng nufuzli kibersport jamoalaridan biri hisoblangan Natus Vincere (NAVI) shaxmat bo‘linmasini rasman tashkil etganini e’lon qildi. Jamoa tarkibidan uch nafar mashhur shaxmatchi joy olgan: Nodirbek Abdusattorov, Uesli So, Aleksandr Bortnik.

16-fevral kuni ular ilk bor NAVI sharafini himoya qilib, Chessable Masters onlayn turnirida ishtirok etishadi. Ushbu musobaqaning umumiy sovrin jamg‘armasi 150 ming dollarni tashkil qiladi.  

CCT reytingining eng yaxshi 12 shaxmatchisi Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadigan Esports World Cup festivali doirasida bo‘lib o‘tadigan seriya finaliga taklif qilinadi. U yerda ishtirokchilar 1,5 million dollarlik bosh sovrin uchun kurash olib borishadi.

NAVI o‘zining CS:GO, Dota 2, PUBG, Rainbow Six Siege va Valorant o‘yinlaridagi yutuqlari bilan tanilgan.

Shuningdek, boshqa shaxmatchilar ham turli jamoalar bilan shartnomalar imzolamoqda. Masalan, Team Liquid jamoasi Magnus Karlsen, Fabiano Karuana va Maksim Vashye-Lagrav bilan shartnoma imzoladi. Shuningdek, Din Lijen LGD Gaming jamoasiga qo‘shildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22516 | Инструменты