Kecha mazkur turnirning ilk bosqichida Nodirbek Abdusattorov hindistonlik Vidit Gudjratiga qarshi dona surdi. Hamyurtimiz butun o‘yin mobaynida ustunlikka erishdi. Uchta partiya yakuniga ko‘ra, Nodirbek raqibini 2,5 — 0,5 hisobida mag‘lub etib, chorak finalga yo‘l oldi.
Ushbu g‘alaba Abdusattorovni 6-aprel kuni chorak finalda niderlandiyalik Anish Giriga qarshi bahs yuritishini ta’minladi.
Ma'lumot uchun, mukofot jamg‘armasi 50 ming yevrodan iborat mazkur xalqaro turnir 9 aprelga qadar davom etadi. Uning final nuqtasigacha yetib kelgan ikki nafar shaxmatchi joriy yil sentyabr oyida o‘tadigan “Grand-final” chempionlik uchrashuvlarida qatnashish huquqini qo‘lga kiritadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 13108 | Инструменты