Huawei 2
Nodirbek Yakubboyev "Uzchess Cup" superturniri Masters guruhida chempionlikni qo'lga kiritdi

Toshkent shahrida shaxmat bo‘yicha "UzChess Cup" superturniri o‘z yakuniga yetdi.

Mukofot jamg‘armasi 166 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi musobaqaning “Masters” guruhida hamyurtimiz Nodirbek Yakubboyev so‘nggi turda xitoylik Yu Yangyiga qarshi bahsda durang qayd etdi va umumiy hisobda 5,5 ochko jamg‘ardi. U shuncha ochko jamg‘argan Nodirbek Abdusattorovdan qo‘shimcha ko‘rsatkichlar evaziga oshib ketdi va chempionlikni qo‘lga kiritdi.

Demak, Nodirbek Yakubboyev 1, Nodirbek Abdusattorov esa 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi. 

Kuchli uchlikka esa 5 ochko to‘plagan xitoylik Yu Yangyi yakun yasadi.

Ushbu g‘alaba orqali Nodirbek Yakubboyev 25 ming dollarga ega bo‘ldi. Abdusattorov esa 20 ming dollarni qo‘lga kiritdi. Xitoylik Yangyi esa 15 ming dollar bilan ketadigan bo‘ldi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga