Huawei 1
O‘zbek kurashi Islom birdamligi o‘yinlari dasturidan joy oldi

Ayni kunlarda Albaniyaning Tirana shahrida Islom birdamligi sport assotsiatsiyasi (ISSA)ning Sessiyasi o‘tkazilmoqda. Sessiya doirasidagi 13-Bosh Assambleyada o‘zbek sporti uchun muhim kelishuvlardan biriga erishildi.

Unga ko‘ra, o‘zbek kurashi 2025-yil Saudiya Arabistonida o‘tkaziladigan Islom birdamligi o‘yinlari dasturiga kiritildi. Bu haqida Xalqaro kurash assotsiatsiyasi ma’lum qildi.

Tadbir doirasida Xalqaro kurash assosiatsiyasi va Islom birdamligi sport assosiatsiyasi rahbariyati uchrashib, o‘zaro hamkorlikning keyingi bosqichlari haqida qator masalalar muhokama qilindi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 41021 | Инструменты