Huawei 1
O‘zbekiston delegatsiyasining Olimpiada litsenziyalari 4 taga ko‘paydi

Butunjahon yengil atletika federatsiyasi Parij-2024 litsenzion sikli yakunlanganini va reyting orqali 4 yillikning eng nufuzli musobaqasiga yo‘l olgan sportchilar nomini e’lon qildi. Unga ko‘ra, o‘zbekistonlik 4 nafar yengil atletikachi Parij-2024 Olimpiadasida ishtirok etadi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi (MOQ) matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston terma jamoasining 4 nafar a’zosi Anvar Anvarov (uzunlikka sakrash), Yekaterina Voronina (ko‘pkurash), Safina Sadullayeva (balandlikka sakrash) va Sharifa Davronova (uch hatlab sakrash) reyting orqali Parij-2024 ishtirokchilari qatoridan joy oldi.

Hozirga kelib, O‘zbekiston delegatsiyasining Parij-2024 Olimpiya o‘yinlari uchun yo‘llanmalari soni 73 taga yetdi. Bu ko‘rsatkich Olimpiada startiga qadar o‘zgarishi kutilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100618 | Инструменты