Dunyoda tadqiqot, o‘ziga xos bashorat, monitoring bilan shug‘ullanadigan “Gracenote” sayti Olimpiya o‘yinlari natijasini baholash uchun noyob algoritmdan foydalandi. Kuchli kompyuter yordamida o‘tkazilgan tadqiqot orqali ushbu saytda sportchi va jamoalar professionalligi hisobga olinib, so‘nggi musobaqalar tahlil etilib, bashorat e’lon qilindi.
Xullas, O‘zbekiston sportchilari 2024 yilgi Olimpiya o‘yinlarida 13 medal qo‘lga kiritishi faraz qilingan: 3 oltin, 2 kumush, 8 bronza. Bu mamlakatimiz sport delegatsiyasiga 206 davlat orasida 17-o‘rinni egallaydi, degani.
Prognozga binoan AQSH, Xitoy, Buyuk Britaniya, Fransiya, Avstraliya, Yaponiya, Italiya, Germaniya, Niderlandiya va Janubiy Koreya “Parij-2024”da kuchli o‘nlikni shakllantiradi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 103011 | Инструменты