O‘zbekiston boks federatsiyasi Umar Kremlyov rahbarligidagi IBA’ni tark etib, World Boxing xalqaro boks tashkiloti a’zoligiga qabul qilindi. Bu haqda tashkilot rasmiy sayti xabar qilgan.
World Boxing O‘zbekistondan tashqari, Qozog‘iston, Gvatemala va Laosning a’zolik arizasini qabul qilgan va shu tariqa, tashkilotga a’zo milliy federatsiyalar soni 55 taga yetgan.
3-noyabr kuni AQShning Kolorado shtati Pueblo shahrida jahon boks federatsiyasining yil yakunlariga bag‘ishlangan kongressida O‘zbekiston va yana uch mamlakat tashkilot a’zosiga aylangani e’lon qilingan.
"O‘zbekiston va Qozog‘iston singari yetakchi boks mamlakatlari World Boxing a’zosiga aylangani ulkan voqelik bo‘lib, Osiyoda hali 13 ta a’zo mamlakatga ega yangi tashkil etilgan xalqaro federatsiyaning qit’adagi o‘rnini sezilarli darajada oshirdi", - deyiladi bayonotda.
Tashkilot xabarida O‘zbekiston so‘nggi Parij Olimpiadasi boks bahslarida 5 ta oldin medal bilan jamoaviy reytingda birinchi o‘rinni egallagani e’tirof etilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 110511 | Инструменты