Huawei 1
O‘zbekiston yoshlari jahon shaxmatida tarixiy natijaga erishdi

22–29-sentyabr kunlari Peru poytaxti Lima shahrida 20 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida rapid (tezkor) va blits shaxmat yo‘nalishlari bo‘yicha Jahon chempionati bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada 19 mamlakatdan 89 nafar yosh shaxmatchi qatnashdi. O‘zbekiston terma jamoasidan 6 nafar iste’dodli sportchi yurtimiz sharafini munosib himoya qilib, jami 3 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi.

Rapid bo‘yicha natijalar:

- Muhammadzohid Suyarov – 7,5 ochko bilan oltin medal sohibi;

- Muhiddin Madaminov – 7 ochko bilan kumush medal sohibi;

- Afruza Hamdamova – 6,5 ochko bilan qizlar o‘rtasida faxrli ikkinchi o‘rin egasi bo‘ldi.

Blits bo‘yicha natijalar:

- Madaminov Muhiddin – 12 ochko bilan oltin medal va jahon chempioni;

- Suyarov Muhammadzohid – 10 ochko bilan bronza medal;

- Omonova Umida – 9,5 ochko bilan kumush medal;

- Begmuratov Humoyun – 9 ochko bilan 4-o‘rin;

- Xalilova Madinabonu – 8 ochko bilan 6-o‘rin egasi bo‘ldi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92918 | Инструменты