Huawei 1
O‘zbekistonlik MMA jangchisi Shoxasan Mirzamatov avtohalokatga uchradi

Yarim o‘rta vazn toifasidagi o‘zbekistonlik MMA jangchisi Shohasan Mirzamatov avtohalokatga uchragani aytilgan xabar ijtimoiy tarmoqlarga sizdirildi.

U joriy yilning 23 fevral kuni Qozog‘istonning Olmaota shahrida tashkil etiladigan Octagon 70 turnirida Georgiy Kichiginga qarshi chempionlik janggini o‘tkazishi kerak edi. Biroq, Mirzamatovning avtohalokat oqibatida olgan tan jarohatlari sabab jang bekor qilingani haqida xabar berildi.

"Shoxasan Mirzamatov YTHga uchradi va Octagon 70 turnirida Georgiy Kichigin bilan o‘tkaziladigan jangdan chiqdi," - deyiladi Octagon MMA league‘ning Telegram‘dagi sahifasida.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 20420 | Инструменты