Huawei 1
O‘zbekistonlik og‘ir atletikachi jahon chempioni bo‘ldi

Kecha, 24 sentyabr kuni Ispaniyaning Leon shahrida o‘tayotgan yoshlar orasidagi Jahon chempionatining erkaklar o‘rtasida -89 kg vazn toifasida “A” guruh bahslari bo‘lib o‘tdi. 

Ushbu vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Diyorbek Ermatov dast ko‘tarishda 162 kg natija bilan oltin medalga sazovor bo‘ldi. U siltab ko‘tarishda 186 kg (5-o‘rin) va ikkikurashda 348 kg natija qayd etdi (4-o‘rin).

Qayd etish joiz, Diyorbek Ermatov bungacha Jahon chempionatining kumush va bronza medallariga, Osiyo chempionatining oltin medaliga sazovor bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, Jahon chempionati bahslari 27-sentyabarga qadar davom etadi. Hozircha Ermatovdan tashqari -59 kg vazn toifasida ayollar o‘rtasida “A” guruhida Nigora Abdullayeva va erkaklar o‘rtasida -73 kg vaznda Husinboy Matrasulov musobaqada sovrindor bo‘ldi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92521 | Инструменты