Boks bo‘yicha jahon chempioni, “Parij-2024” Olimpiya o‘yinlari oltin medali sohibi bo‘lgan isteʼdodli bokschimiz Abdumalik Xalokov joriy yilning 27 fevral kuni Ispaniyaning Sevilya shahridagi "Centro Deportivo San Pablo" majmuasida professional boks oqshomida ringga ko‘tariladi.
Unda o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi, yarim yengil vazn toifasida o‘tadigan 6 raundlik jangda Venesuela vakili Marlembron Akunyaga qarshi bahs olib boradi.
Aytish lozim, ushbu bahs 24 yoshli Abdumalik uchun professional boksdagi ikkinchi jang hisoblanadi. Akunya esa bugungacha professional boksda 25 ta jang o‘tkazib, 13 g‘alaba, 11 mag‘lubiyat va 1 ta durang natijaga erishgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 31209 | Инструменты