Huawei 1
Otabek Xolmatov sobiq jahon chempioni bilan revansh jangini o‘tkazmoqchi

Yarim yengil vazn toifasidagi professional bokschimiz Otabek Xolmatov jarohatidan tiklanib, mashg‘ulotlarni davom ettirmoqda.

Bokschi hozirda o‘zi tug‘ilib o‘sgan Sirdaryo viloyatining Baxt shahrida bo‘lib turibdi va kuniga ikki mahaldan mashg‘ulotlarni o‘tkazyapti.

U joriy yilning mart oyida vakant bo‘lib turgan WBA kamari uchun amerikalik Raymond Fordga qarshi ringga ko‘tarilib, jang yakunlanishiga bir necha soniya qolganida alamli mag‘lubiyatni qabul qilib olgandi.

Jangdan keyin Xolmatov oyog‘idagi jiddiy jarohatini operatsiya qildirdi. Uzoq tanaffusdan keyin Xolmatov yana mashg‘ulotlarga kirishdi. U 2025 yil avvalida Ford bilan revansh jangini o‘tkazish niyatida.

Raymondning o‘zi Otabekni mag‘lub etganidan keyingi ilk himoya jangidayoq Nik Bollga yutqazib, kamarini topshirgan edi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122809 | Инструменты