Bugun Olimpiya shon-shuhrati muzeyida mamlakatimiz sport delegatsiyasini Parij-2024 17-yozgi Paralimpiya o‘yinlariga tantanali kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi.
So‘zga chiqqanlar bu galgi Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik sikli avvalgilariga qaraganda ancha farqli bo‘lganini taʼkidlashdi.
Shunga qaramay, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning shaxsan qo‘llab-quvvatlashlari, Paralimpiya harakatiga qaratgan alohida eʼtiborlari tufayli barcha tashkiliy va tayyorgarlik jarayonlari samarali o‘tdi.
Para atletchilarimiz yozgi Paralimpiya o‘yinlariga 65 nafar sportchi bilan 113 ta litsenziyani qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi.
Bu Vatanimiz uchun Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etish bo‘yicha litsenziyalar va musobaqa ishtirokchilari soni bo‘yicha mutloq rekord ko‘rsatkich ekani alohida qayd etildi.
Sportchilarimiz Paralimpiya o‘yinlarida para yengil atletika, dzyudo, suzish, pauerlifting, kanoe, akademik eshkak eshish, taekvondo, o‘q otish va vavelosport bo‘yicha ishtirok etadi.
Marosimida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov so‘zga chiqdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 100722 | Инструменты