Huawei 1
O'zbekiston yosh taekvondochilari jahon chempionatida oltin va bronza medallarini qo'lga kiritdi

Birlashgan Arab Amirliklarida kadetlar o'rtasida taekvondo WT bo'yicha jahon chempionati bo'lib o'tmoqda. 

Milliy Olimpiya qo'mitasi ma'lumotiga ko'ra, dunyo birinchiligining 13-may kungi dasturi O'zbekiston terma jamoasi vakillari uchun muvaffaqiyatli o'tdi. Murosasiz bahslarda hamyurtlarimiz 1 ta oltin va 1 ta bronza medallariga sazovor bo'lishdi.

Jumladan, -65 kg vazn toifasida ishtirok etgan Nikita Bibikov barcha raqiblarini mag'lubiyatga uchratib, oltin medalni qo'lga kiritdi. Nikita finalda eronlik Amir Ag'amohammadidan ustun keldi. Shuningdek, qizlar o'rtasida -41 kg vazn toifasida Rayhona Asanboyeva yarim finalgacha yetib kelib, bronza medali sohibiga aylandi.

Shu tariqa, terma jamoamizning ushbu musobaqada hozirgacha jamg'argan medallari 2 ta oltin va 1 ta bronzani tashkil etmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51420 | Инструменты