Huawei 1
O'zbekistonlik kanoechi Tailanddagi xalqaro musobaqada oltin va kumush medallarini qo'lga kiritdi

Tailandning Pattaya shahrida slalomda eshkak eshish bo'yicha xalqaro musobaqalar bo'lib o'tmoqda, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA.

Milliy Olimpiya qo'mitasi ma'lumotiga ko'ra, mazkur musobaqada startga chiqqan O'zbekiston terma jamoasi a'zosi Anvar Klevleyev oltin va kumush medallarga sazovor bo'ldi.

Kanoechimiz dastlab "Sea Open" musobaqasida kumush, so'ngra "Thailand Open" turnirida oltin medal sohibiga aylandi. Endi hamyurtlarimiz ushbu shaharda 12 martgacha tashkil etiladigan U-18 va U-23 yosh toifalaridagi qit'a birinchiliklarida qatnashadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 31522 | Инструменты