Huawei 1
O'zbekistonlik kurashchilar Vyetnamda o'tayotgan Osiyo chempionatining ikkinchi kunida 1 ta kumush va 4 ta bronza medalini qo'lga kiritishdi

Vyetnam mezbonlik qilayotgan sport kurashlari bo'yicha U-17 va U-23 yosh toifalaridagi Osiyo chempionatida ikkinchi kun bahslari ortda qoldi, deb xabar qilmoqda Dunyo AA.

Milliy Olimpiya qo'mitasi ma'lumotiga ko'ra, unda yunon-rum va ayollar kurashi bo'yicha bir qator vazn toifalaridagi bellashuvlar tashkil etildi. Murosasiz bahslar davomida O'zbekiston terma jamoasi 1 ta kumush va 4 ta bronza medallariga sazovor bo'ldi.

-63 kg vazn toifasida Husniddin Olimboyev kumush medalni qo'lga kiritdi. -55 kg vazn toifasida Jonpo'lat To'lqinboyev, -87 kg vaznda Rahimjon Uzoqov, -59 kg vazn toifasida Laylo Sobirova, -50 kg vaznda Mushtariy Tolipbekova bronza medaliga sazovor bo'ldi.

Ahamiyatlisi, musobaqada 2 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medallarini jamg'argan "klassik" kurashchilarimiz (U-23) umumjamoa hisobida uchinchi o'rinni egallashdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 82710 | Инструменты