Huawei 1
"Pahlavon Mahmud - Strongmen games" pahlavonlar o'yini start oldi

Bugun, 1-iyun kuni “Pahlavon Mahmud - Strongmen games Islom hamkorlik tashkiloti ochiq chempionati" o'yinlari start oldi. Mazkur xalqaro musobaqa 2024-yil 31-may  3-iyun kunlari "Xiva — 2024-yilda islom dunyosining turizm shahri" shiori ostida bo‘lib o‘tadi. Pahlavon Mahmud xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro turnir Xiva shahrida 4-marotaba o‘tkazilmoqda.

Ushbu turnir o'yinlari 3-iyunga qadar davom etadi. Bu yilgi turnirda dunyoning 15 dan ortiq mamlakatlaridan (Buyuk Britaniya, Bahrayn, Chexiya, Avstraliya, Latviya, Litva, Pokiston, Yangi Zelandiya, Turkiya, Hindiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston) kelgan pahlavonlar o‘zaro bahslashadilar. 

Xalqaro turnirda pahlavonlar jami 7 ta shart bo‘yicha bahs olib borishadi. 

Jumladan:

- Oqtosh xarsangi;

- Obkach;

- Amudaryo qayig‘ini tortish;

- Cho‘girma otish;

- Mo‘ynoq langarini tortish;

- Xiva ustunlarini ushlab turish;

- Qilichni vertikal ushlab turish. 

Bugun, aynan "Oqtosh xarsangi" bo'yicha birinchi bellashuvlar bo'lib o'tdi. Ushbu o'yinlarni UzReport TV ning rasmiy sahifalarida tomosha qilishingiz mumkin: 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 42002 | Инструменты