Huawei 1
Paralimpiya yakunlari: O‘zbekiston sportchilari tarixiy natija qayd etdi

Parij Paralimpiadasi O‘zbekiston delegatsiyasi uchun omadli keldi. Birinchidan, O‘zbekiston delegatsiyasi katta tarkib bilan musobaqalarga kirishdi. Ikkinchidan, musobaqalarda sportchilar muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

O‘zbekiston delegatsiyasi ushbu Paralimpiya bahslarida 26 ta medalga ega chiqdi. 10 ta oltin, 9 ta kumush va 7 ta bronza medalni qo‘lga kiritgan paralimpiyachilar umumjamoa hisobida 13-o‘rinni qayd etdi. Ushbu natija ham ular uchun tarixdagi eng yaxshisi hisoblanadi. 

Shuningdek, Osiyoda uchinchi, MDH, Markaziy Osiyo mintaqasi, Islom birdamligi va Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar orasida birinchi o‘rinni egalladi.


Bungacha ularning eng yaxshi natijasi Tokioda qayd etilgan edi. 2021-yili bo‘lib o‘tgan musobaqada 8 ta oltin, 5 ta kumush va 6 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan O‘zbekiston sportchilari yakunda 15-o‘ringa joylashgan edi.

O‘zbekiston delegatsiyasiga eng ko‘p medalni yengil atletikachilar olib keldi. 16 medalni qo‘lga kiritgan para yengil atletikachilar yakunda umumjamoa hisobida 5-o‘rinni egalladi.

Musobaqada Xitoy mutlaq ustunlik bilan birinchi o‘rinni egalladi. Ular umumiy 220 ta ( 94 ta oltin, 76 ta kumush va 50 ta bronza) medalni qo‘lga kiritdi. Buyuk Britaniya sportchilari umumiy 124 medal bilan ikkinchi, 105 medalni qo‘lga kiritgan AQSH uchinchi o‘rinni egalladi.

Oltin medal:

Asila Mirzayorova – para yengil atletika T11 uzunlikka sakrash
Elbek Sultonov – para yengil atletika F12 yadro uloqtirish
Xusniddin Norbekov – para yengil atletika F35 yadro uloqtirish
Qudratullaxon Ma’rufxo‘jayev – para yengil atletika F37 yadro uloqtirish
Bobirjon Omonov – para yengil atletika F41 yadro uloqtirish
Tolibboy Yo‘ldashev – para yengil atletika F37 disk uloqtirish
Yorqinbek Odilov – para yengil atletika F57 nayza uloqtirish
Nurxon Qurbonova – para yengil atletika F54 nayza uloqtirish
Sherzod Namozov – para dzyudo J2 -60kg
Asad Toshtemirov – para taekvondo K44 -80 kg

Kumush medal:

Doniyor Saliyev – para yengil atletika T12 uzunlikka sakrash
Safiya Burxanova – para yengil atletika F12 yadro uloqtirish
Kubaro Hakimova – para yengil atletika F41 yadro uloqtirish
Shahina Yigitaliyeva – para yengil atletika F46 nayza uloqtirish
Kumushxon Xodjayeva – para dzyudo J2 -57 kg
Ro‘za Kuziyeva – para pauerlifting -73 kg
Ziyoda Isoqova – para taekvondo K44 -47 kg
Guljanoy Naimova – para taekvondo K44 +65 kg
Server Ibragimov – para o‘q otish P4 50 metrga to‘pponchadan otish

Bronza medal:

Temur Giyazov – para yengil atletika T64 balandlikka sakrash
Tolibboy Yo‘ldashev – para yengil atletika F37 yadro uloqtirish
Nurxon Qurbonova – para yengil atletika F54 yadro uloqtirish
Mohigul Hamdamova – para yengil atletika F57 disk uloqtirish
Uchqun Quronboyev – para dzyudo J2 -73 kg
Dovurxon Karomatov – para dzyudo J2 -90 kg
Muslima Odilova – para suzish S13 100 metr batterflay

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122219 | Инструменты